"Benfika" prezidenti Nunes haqida: "O'yinchi uchun 75+25 million evro berishsa, sotuvni muhokama qilishga hojat yo'q"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022
"Benfika" prezidenti Ruy Koshta Darvin Nunesning "Liverpul"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Gap ushbu oynadagi eng qimmat transferlardan biri haqida ketmoqda. Biz hali ham futbol bozoridagi inqirozni keltirib chiqargan pandemiyadan qutulishga harakat qilmoqdamiz. Agar o'yinchiga 75+25 million evro berishsa, sotuvni muhokama qilishga hojat yo'q.

Darvinning sotilishi o'zini oqlaydi. Biz uni ushlab turishimiz uchun hech qanday sharoit yo'q edi. Bu shunchaki ilojsiz edi", – dedi Koshta.

Urugvaylik hujumchi "Liverpul" safida 5 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail