

"Benfika" mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan himoyachi Nikolas Otamendini saqlab qolmoqchi.
Fabricio Romanoning xabar berishicha, lissabonliklar 34 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisiga yangi 2 yillik shartnoma taklif qilgan.
Manbaga ko'ra, muzokaralar endigina boshlangan, biroq Otamendi Yevropada qolishni rejalashtirgan va "River Pleyt" taklifini ko'rib chiqmayapti.



