Ben-Arfa o'ziga La Ligadan klub topdi

Alisher
27 yanv 2020
Xatem Ben Arfa "Valyadolid" bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Futbolchi La Liga autsayderi tarkibini erkin agent sifatida to'ldiradi.

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi mavsumning birinchi qismini jarohati tufayli o'tkazib yubordi.

O'yinchi o'tgan mavsum "Renn"ga Fransiya Kubogini yutishda yordam bergan edi.

Ben Arfa jami faoliyati davomida 384ta o'yinda maydonga tushib, 71ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: AS