Belgiyalik tadbirkor bilan bolalar futbolini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2021
Joriy yilning 12 mart kuni Samarqand shahridagi "Dinamo" futbol o'yingohi binosida Samarkand viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Server Osmanov va Belgiyalik tadbirkor Filip Tussen o'rtasida bolalar futbolini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.




Unda  ësh bolalar bo'sh vaqtlarini unumli tashkil etishda  sportning  futbol turiga keng jalb qilish, bu borada Samarkand futbol associaciyasi tarkibida futbol maktabini ochish va unga  sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida futbol bilan shug'ullanuvchi 6 ëshdan 19 ëshgacha bo'lgan bolalar orasidan saralab olingan o'yinchilardan kuchli jamoalar shakillantirib, ularga  professional futbol sirlarini o'rgatish va mahorat maktablari tashkil etish maqsadida ikki davlat o'rtasida murabbiylar tajriba almashinish  hamkorligini  yo'lga qo'yish va evropa futbol chempionatlarida bolalar ishtirokini  tamilash  ko'zda tutilayoganligi aytib o'tildi. Aynan ushbu Samarqand futbol maktabidan O'zbekiston  terma jamoalariga professional o'yinchilarni tarbiyalab berish asosiy maqsadlardan biri ekanligi aytildi.






Belgiyalik tadbirkor Filip Tussen hozirgi kunda nafaqat O'zbekistondagi investicion iqlimni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shish va bu orqali Belgiyalik hamyurtlarini yurtimizda yangi investiciyalar kirtishga jalb etish, shu bilan birga o'zbek futbolini yuqori cho'qqilarga olib chiqishda ko'maklashish niyati borligini alohida ta'kidlab o'tdi. Belgiyada o'zining shaxsiy futbol akademiyasi va mahoratli murabbiylari faoliyat yuritishi  mazkur hamkorlik ishlarida katta yordam berishiga umid bildirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Самарқанд вилоят футбол ассоциацияси матбуот хизмати