Belerin: "Barselona" loyihasi natija bera boshlashi uchun vaqt kerak"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 15:39
Kataloniyaning "Barselona" klubi qanot himoyachisi Ektor Belerin "ko'k-anorranglilar" loyihasi haqida gapirdi.

"Men doim Klopp va Gvardiolaning Angliyadagi ishlariga etibor qarataman. Axir, ular sayohatning boshida g'alaba qozonishmadi, lekin vaqt o'tishi bilan ular ikkita ajoyib loyihani qurishdi. "Barselona"da hozir ishtiyoq bor. Natija bera boshlashi uchun vaqt kerak. Biz Xaviga to'liq ishonamiz, u jamoa uchun qoyilmaqom murabbiy", – dedi Belerin.

"Barselona" Ispaniya chempionati 13-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, jamoa Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, guruh bosqichidan o'ta olmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS