Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Abdixoliqovning goli evaziga mehmonda "Gomel"ni mag'lub etdi

Alisher
6 noya 2022
Belarus chempionati 29-tur doirasidagi "Gomel" - "Energetik-BGU" o'yini yakuniga etdi.

O'yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. E'tiborlisi, bahsdagi hal qiluvchi golni chempionat to'purari Bobir Abdixoliqov 75-daqiqada urdi.

O'zbekistonlik hujumchi o'yinda to'liq harakat qildi. Yana bir hamyurtimiz Abduqodir Husanov o'tgan turda qizil kartochka olgani sabab bugungi o'yinda ishtirok etmadi.

Shunday qilib, Belarus chempionati joriy mavsumi ham yakuniga etmoqda. "Energetik-BGU" o'z tarixida ilk bor mavsumni kuchli uchlikda yakunlaydi va evrokubokka yo'llanmani naqd qildi.


→ Abdixoliqov Belarusda 21 yil oldingi rekordni yangiladi


29-turdan keyingi holat:

1. "Shaxtyor" - 62 ochko

2. "Energetik-BGU" - 60 ochko

3. BATE - 56


"Gomel" - "Energetik-BGU" 1:2

Gollar: Ermakovich (18) - Grishenko (5), Abdixoliqov (75).

"Gomel": Sadovskiy, Pantya, Affi, Sokol, Kostrov, Aleksievich, Potalenko, Kuzmenok, Ermakovich, Kozlovskiy, Sedko

Zaxira: Naumovich, Kovalev, Matveychik, Jon, Gogolashvili, Anufriev, Makas, Sovpel, Malashevich, Carenko.

"Energetik-BGU": Makavchik, Lukashevich, Silinskiy, Rilach, Papariga, Abdixoliqov, Grishenko, Pashevich, Svirepa, Turich, Makushinskiy

Zaxira: Senedcov, Kokaev, Omelyanchuk, Chul, Savchenko, Bakaev, Semenov.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia