Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Abdixoliqovning dubli evaziga safarda yirik g'alabani tantana qildi, Husanov chetlatildi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022
Belarus Oliy ligasi 15-turi doirasidagi qoldirilgan uchrashuv yakuniga etdi.

Mehmonlar safida himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, 74-daqiqada maydondan chetlatilgan bo'lsa, hujumchi Bobir Abdixoliqov dubl qayd etib, to'purarlar poygasida yaqqol yetakchiligini saqlab qoldi. E'tiborlisi, Abdixoliqov o'z o'rnini 90+2-daqiqada Ulug'bek Bakaevning o'g'li Amirbek Bakaevga bo'shatib berdi.

9-daqiqa. GOOOOL! Burchakdan oshirib berilgan to'pni Lavrik darvozaga yo'lladi.  

22-daqiqa. GOOOOL! Bakich himoyachilar qurshovida bo'lsa-da, hisobni tenlashtirdi. 

70-daqiqa. GOOOOOL! Bobir Abdixoliqov penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va gollari sonini 24 taga etkazib oldi. (VIDEO)

72-daqiqa. GOOOOOL! Grishenko hisobni oshirdi.

74-daqiqa. Abduqodir Husanov ikkinchi marta sariq kartochka olgani bois maydondan chetlatildi!

84-daqiqa. GOOOOOOL! Bobir Abdixoliqov o'zining kuchli zarbasi orqali raqib posbonini ojiz qoldirib, dublni rasmiylashtirdi! Shunday qilib, uning gollari soni 25 ta bo'ldi va u to'purarlar poygasida yaqqol yetakchi bo'lib turibdi. (VIDEO)

Bahs yakunlandi!



"Dinamo" Minsk – "Energetik-BGU" 1:4 

"Dinamo" Minsk stadioni. 17:00

Gollar: Bakich 22' – Lavrik 9', Grishenko 72', Bobir Abdixoliqov penalti 70', 84'  

"Dinamo" Minsk: Xatkevich, Begunov, Gabriel, Kalinin, Orino, Bikov, Shvecov, Koncevoy (Lojkin, 79), Baxar, Bakich, Begunov (Yosipovich, 79)

"Energetik-BGU": Makavchik, Husanov, Lukashevich, Silinskiy, Rilach (Grishenko, 46), Papariga (Danila Chul, 77, Semenov, 83), Abdixoliqov (Bakaev, 90+2), Pashevich, Svirepa, Pliev (Turich, 46), Lavrik

Ogohlantirishlar: Begunov (5), Lavrik (18), Pliev (44), Lukashevich (60), Husanov (66), Baxar (68), Yosipovich (80), Abdixoliqov (85), Orino (90+4), Bakaev (90+4)

Chetlatish: Husanov (ikkinchi sariq, 74)


Turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia