Belarus. 19-turning eng yaxshi futbolchisi va ramziy termasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2020
Belarus chempionatining 19-turi yakunlandi va turning eng yaxshilari aniqlandi.

Unga ko'ra, turning eng yaxshi futbolchisi sifatida dubl qayd etgan Jasurbek Yaxshiboev etirof etildi. Futbolchi 384 ball yig'di va bu borada u BATE futbolchilari Igor Stasevich (381) hamda Stanislav Dragun (363)ni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Jasur Yaxshiboev tur ramziy termasidan ham o'rin oldi. 

Darvozabon: Xackevich (Isloch)

Himoyachilar: Dragun (Shaxter S), Goropevshek (Dinamo), Ustinov (Torpedo-BelAZ)

Yarim himoyachilar: Stasevich, Dragun (BATE), Premudrov (Torpedo-BelAZ), Santos (Vitebsk)

Hujumchilar: Yaxshiboev (Shaxter S), Yanush (Isloch), Skavish (BATE).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia