Jasur Jaloliddinov U-23 Osiyo Kubogi yakuniga ko'ra, "Bo'lajak yulduz" so'rovnomasi g'olibi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2022
Bu haqida Osiyo futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Terma jamoamiz a'zosi muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan. 

Bu borada Jaloliddinovga Ayman Yahyo (Saudiya Arabistoni), Yuito Suzuki (Yaponiya) va Tayris Fransios (Avstraliya) raqobat ko'rsatgandi.

"Jasurbek Jaloliddinov 3 ta gol urib, mezbonlar finalga yetib kelishiga o'z hissasini qo'shdi  - O'zbekistonning kelajagi porloq istedodlaridan",-deyiladi OFKning feysbukdagi rasmiy sahifasi xabarida.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia