Farhod Tojiev, Jasur Hasanov, Sanjar Tursunov, Aleksandr Lobanov... O'zbekiston MTJ sobiq futbolchilari OFKning "B" licenziyasiga o'qimoqda
Sherzod Nurmatov
23 dek 2024
Toshkent shahrida OFKning "B" licenziyasi o'quv-kursiga start berildi.
Kurs jarayonini O'FA texnik direktori Gi Kiala hamda Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi mutasaddilari boshqarib borishmoqda. Mazkur kursda 17 nafar O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi ishtirok etmoqda.