Bekxem gol urish borasida o'zidan oshib ketgan Reshfordga quvnoq reakciya bildirdi

Mirjalol Normatov
23 fev 2021, 22:10
APL doirasida "Nyukasl" postiga gol urganidan keyin Markus Reshford "Manchester Yunayted" to'purarlari ro'yxatida 85 gol bilan Devid Bekxemdan o'tib ketgandi.

Bu yangilikka reakciya bildirar ekan, Bekxem instagramda: "Biz bir pog'onani uzoq vaqt bo'lishib turmaymiz. Bunchalik ko'p gol urishingni kutmagandim", - deb yozadi.

Oldinroq Reshi 83 gol urgan Erik Kantonani ortda qoldirgandi va 23 yoshli futbolchi yaqin fursatlar ichida yuzlik dovonini zabt etishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal