BBC talqiniga ko'ra APLda 2019/20 yilgi mavsum ramziy terma jamoasi aniqlandi

Eng ko'p futbolchi “Liverpul”dan.

Nashr talqiniga ko'ra o'tkazilgan so'rovnoma yakunlari natijasida ramziy terma jamoadan “Liverpul”ning 7, “Manchester Siti”ning 2, “Manchester Yunayted” va “Lester”ning 1 nafar futbolchisi o'rin oldi.

Darvozabon: Alisson (Liverpul);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkisi – Liverpul), Chag'lar Suyunju (Lester) va Endryu Robertson (Liverpul);

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (Manchester Siti), Jordan Xenderson (Liverpul) va Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted);

Hujumchilar: Muhammad Salah (Liverpul), Serxio Aguero (Manchester Siti) va Sadio Mane (Liverpul).



Manba: BBC Sport