Bazida Pedri otasi bilan boshqa jamoalar futbolchilari urgan golni nishonlar ekan

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025
Pedri otasiga fentezi o'ynashda qanday yordam berishi haqida gapirdi.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri otasiga fentezi o'ynashda qanday yordam berishi haqida so'zlab berdi.

– Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

– Menga seriallar ko'rish, stol o'yinlari, videoo'yinlar o'ynash yoki imkoniyat bo'lganda boshqa sport turlari bilan shug'ullanish yoqadi. Menga hammasidan ko'ra o'yinlar ko'proq yoqadi.

– Hatto fentezi-futbolni hammi?

– Uyda otam bilan tez-tez futbol ko'raman. Va ha, bazida unga fentezida yordamlashaman.

– Rostdanmi?

– Ha (kuladi). U mendan u yoki bu futbolchi o'ynaydimi-yo'qmi, deb so'raydi.

Bu juda qiziq, chunki bazida biz istalgan jamoaning golini shunchaki bizning jamoamizda o'sha gol urgan o'yinchi borligi uchun nishonlay boshlaymiz, – dedi Pedri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Esquire