

"Chelsi"dagilar shveytsariyalik futbolchini Loik Remi va Radamel Falkaoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Bu ikki hujumchi yanvarda jamoani tark etishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, "Bazel" Emboloni 27 mln. evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Bundan tashqari, 18 yoshli hujumchi "Arsenal", "Yuventus", "Barselona" va "Liverpul" qiziqishlari doirasiga kiradi.
Embolo Shveytsariya chempionatining joriy chempionatida 13 uchrashuvida 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



