Bayer – Verder. Chicharito jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2016
Bayer hujumchisi Xaver Ernandes jarohat tufayli Germaniya kubogi 1/4 finali doirasidagi Verderga qarshi bahsni oxirigacha etkaza olmadi.

56-daqiqada Chicharito sonidan jarohat olib o'zini almashtirishlarini so'radi. Uning o'rniga Kiryakos Papadopulos tushdi.

Eslatib o'tamiz, meksikalik to'purar bundesligada oxirgi uch oyda eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de