Bundesliga. "Bavariya" va "Bayer" qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi, "Borussiya" esa Antonning 90+5 daqiqadagi goli esa dramatik g'alabaga erishdi

Alisher Ostonov
26 apr 2025
Germaniya Bundesligasi 31-tur doirasidagi uchta o'yin bo'lib o'tdi.

Amaldagi chempionlar bo'lmish leverkuzenliklar bu o'yinda Patrik Shik (13) va Emiliano Buendialarning (45) gollari evaziga g'alabaga erishdi.


26 apr 2025, 18:30
Bayer 04 Leverkusen — FC Augsburg
2 – 0
Tugadi


Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa dramatik bahsda zafar quchdi. 90-daqiqada mezbonlar o'yinchisi Pavel Kaderabek gol urib, "arilar"ni g'alabadan mosuvo qilgandek ko'rindi. Ammo, 90+5 daqiqa Anton Valdemar raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining g'alabasini taminladi.


26 apr 2025, 18:30
TSG Hoffenheim — Borussia Dortmund
2 – 3
Tugadi



"Bavariya" esa ushbu bahsda umuman qiyinchilik his qilmadi. Myunxenliklarning yirik g'alabasini Leroy Sane, Maykl Olise va Erik Dayerning gollari taminladi.


26 apr 2025, 18:30
FC Bayern München — FSV Mainz 05
3 – 0
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia