Baxtiyor Zaynutdinov: "Shomurodov bilan "Rostov"ga kelishim bilanoq chiqishib ketganmiz"

Alisher
2 apr 2020
"Rostov" yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov Vesti.kz'ga bergan interyusida hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida gapirdi.

"Rostov"da top-futbolchilar bor - Popov, Eryomenko, Shomurodov. Bu erda hujumkor o'yin namoyish etadigan yaxshi jamoa yig'ilgan. Jamoaga kelganimda kim meni iliq kutib oldi? Shomurodov bilan biz birdan chiqishib, gaplashib ketdik", - deydi Zaynutdinov.

Takidlash kerakki, "Rostov"da ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan xavbek bugun 21 yoshni qarshilamoqda.

Qozog'iston terma jamoasi o'yinchisi "Rostov"ga 2019 yilda "Astana"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Vesti.kz