Baxtiyor Sattarov: "Sherdor" futbolchilarining ota-onalariga minnatdorchilik bildiraman"

Narzulla Saydullayev
14 may 2018, 22:11
“Iftixor” - “Sherdor” (1:1) jamoalari uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Baxtiyor  aka! Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Bugun juda og'ir va qiyin o'yin o'tkazdik. Biz shuncha uzoq yo'l bosib keldik. “Iftixor” jamoasi yaxshi shakllangan, biz bu jamoada tajribali futbolchilar jamlanganligini bilar edik. Mana uchrashuv davomida  raqib jamoani kuchi qay darajada ekanligini bildik. Tabiatning bir oz injiqligi tufaylimi, yoki boshqa sabablar bormi,  maydon sifati borasida bir oz etirozim bor. Maydon bizning o'yinimizni to'liq ko'rsata olishimizga imkon bermadi. Uchrashuv oxirida, o'zingiz guvoh bo'ldingiz, ikki marta birga bir vaziyatda gol ura olmadik. Bugun biz yutib keptishimiz ham mumkin edi. Bu menimcha futbolchilarimizga tajriba yetishmaganligidan dalolat, biz buning ustida ishlaymiz albatta. Uchrashuvda durang natija qayd etildi, men istardimki, ushbu o'yinda do'stlik g'alaba qozondi deb hamma aytishini, chunki o'yin shunga mos darajada bo'ldi.    

- “Sherdor” jamosining birinchi davrada ko'rsatgan o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Jamoani birinchi davrada ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim, futbolchilarmizga rahmat deyman, ular bunga munosib. Men bosh murabbiy sifatida jamoamizdagi barcha futbolchilarni ota-onalariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilarimiz yanada o'sishi kerak, o'z ustilarida ishlashlari kerak. Biz bunga bor imkoniyatimizni ishga solgan xolda ko'maklashamiz.      

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia