Baxtiyor Ashurmatov: “Muxlislarimizni daldasi g'alabaga zamin yaratdi”

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2014
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
- Namanganda barcha talablarga javob beradigan zamonaviy o'yingoh foydalanishga topshirildi. Buning uchun davlatimiz rahbarlariga katta rahmat. Qayta ta'mirlangan o'yingohni muxlislar, futbolchilar katta sovg'a sifatida qabul qildik. Bugun o'yingohni ochilishi va birinchi o'yin o'tkazilganligi uchun Namanganda katta bayram edi. Bayramlarini buzishga bizni haqqimiz yo'q edi.

Shu sababdan maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda tushgandik. Bundan tashqari, so'nggi turlardagi mag'lubiyatlar musobaqa jadvalidagi mavqeimizga ta’sir ko'rsatgandi. G'alabani qo'lga kiritish orqali muxlislarni xushnud qilishni o'ylagandik. Yangi o'yingoh, muxlislarni ko'pligi bois yigitlar xayojonlanishdi. Birinchi bo'limning dastlabki qismida o'yinimiz qovushmadi. Ishqibozlarni ham to'g'ri tushunish kerak. Sababi ular g'alaba va chiroyli o'yinni istashadi. Shuning hujumga o'tishimizni talab etishdi. Lekin, “Olmaliq” ham yaxshi shakllangan tarkibga ega jamoalar sirasiga kiradi. Qolaversa, tajribali mutaxassislardan biri Igor Shkvirin har qanday holatda jamoasini g'alaba sari etaklay oladi. Birinchi golga qadar futbolchilarimiz o'zlariga kela olishmadi.

Juda qiyin bo'ldi. Javob to'pi kiritilgach, esa yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch ortdi va muxlislarimizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashlari natijasida oldinga intildik. Xudoga shukurki ishqibozlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lib yakunda g'alabani qo'lga kiritdik. Ushbu g'alaba bilan klub rahbariyati va muxlislarimizni tabriklayman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz