"Bavariya"ning 11 nafar futbolchisi mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Sherzod Nurmatov
17 may 2024
Myunxenliklar "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinga hozirlik ko'rmoqda.

"Bavariya"ning 11 nafar futbolchisi kechagi mashg'ulotni o'tkazib yubordi, deb xabar berdi "Bild".

Harri Keyn, Leroy Sane, Jamol Musiala, Erik Maksim Shupo-Moting, Kim Min Je, Sasha Boe, Buna Sarr, Kingsli Koman, Serj Gnabri, Rafael Gerreyru va Tarek Buxman myunxenliklar mashg'ulotlarida qatnashmagani ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 18 may, shanba kuni "Bavariya" Bundesliganing 2023/24 yilgi mavsumning so'nggi o'yinini "Xoffenxaym"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild