

Bild xabariga ko'ra, Tuxel tobora jamoada ta’sir doirasini yo'qotmoqda. Qayd etilishicha, nemis o'yinchilaridan Yozua Kimmix, Leon Goretcka va Tomas Myuller murabbiydan norozi. Shuningdek, Matteys de Ligt, Serj Gnabri va Matis Telning ham jamoa ustozi bilan munosabati sovuqlashgan.
Shunga qaramay, jamoaning 6 futbolchisi – sardor Manuel Noyer, Rafael Gerreyru, Leroy Sane, Jamal Musiala, Harri Keyn va Erik Dayer murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda.



