"Bavariya" Zabitcerni "Leyptsig"dan 18 mln evro+bonuslar evaziga xarid qilishi mumkin

Alisher
4 avg 2021
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer klubini o'zgartirishi mumkin.

"Bavariya" 27 yoshli o'yinchini xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Germaniya chempionlari avstriyalik futbolchi uchun 18 million evro+bonuslar taklif qilishi mumkin.

Bunday narxga sabab Zabitcerning shartnomasi bir yildan so'ng tugashi bilan bog'liq. "Leyptsig" o'yinchi tekinga ketmasligi uchun taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

Futbolchi "Leyptsig"da 6 mavsumni o'tkazdi, u dastlab klub bilan ikkinchi Bundesligada harakat qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: transfermarkt.de