"Bavariya" yarim himoyachisi Tolisso "Real" qiziqishlari doirasida

Alisher
20 dek 2021
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso jamoadan ketmoqchi.

O'yinchi "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

27 yoshli fransiyalik futbolchi Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va yozda erkin agent maqomida ketishi mumkin.

Uning transfer narxi - 15 million evro. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo