"Bavariya" va "Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosga Yevropaning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda.

"Bild" jurnalistlarining yozishicha, Myunxenning "Bavariya" va Londonning "Chelsi" klublari 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Har ikki klub yarim himoyachi uchun 70 mln evro taklif qilishga tayyor. Barriosning shartnomasida u uchun 100 mln evro miqdoridagi tovon pulini to'lab, sotib olish mumkinligi haqida band bor.

Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Yarim himoyachi joriy mavsum 24 o'yinda ishtirok etgan va 2 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild