"Bavariya" sport direktori Anchelottiga taqiq qo'ydi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 21:16
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti endi klub bazasida cheka olmaydi.

Jamoa yangi sport direktori Hasan Salixamijich shunday qaror qabul qildi.

"Men Karlo Anchelottidan klubda chekmaslikni iltimos qildim. U rozi bo'ldi. Anchelotti - haqiqiy professional" - deydi Salixamijich.

"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham sport direktori qaroriga izoh berdi.

"Bu mening sog'ligim uchun ham yaxshi, xotinim juda xursand" - deydi Anchelotti.

Bugun "Bavariya" hamda "Bayer" o'rtasidagi bahs Bundesliganing 2017/18 mavsumini ochib beradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail