"Bavariya" "Real"ning Yevropa top-5 ligasidagi golli seriyasi bo'yicha rekordini yangiladi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2021
"Bavariya" golli uchrashuvlar ketma-ketligi bo'yicha Yevropa top-5 chempionatlari yangi rekordchisiga aylandi.

Myunxenliklarning samaradorli seriyasi – 74 o'yin. U 2020 yilning 9 fevralidan beri davom etib kelmoqda.

Avvalgi rekord "Real Madrid"ga tegishli edi. Klub barcha turnirlarda ketma-ket 73 uchrashuvda gol urgan.

E'tiborlisi, "Bavariya" 74 uchrashuvda 214 ta, "Real" esa 73 uchrashuvda 200 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bundesliga.com