"Bavariya" yetakchilaridan biri 2025 yil "Real Madrid"ga o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024
"Bavariya" futbolchisi keyingi yil yozda "Real"ga tekinga ketishiga tayyorlanmoqda.

Jurnalist Mateo Morettoning xabar berishicha, 23 yoshli Alfonso Devis keyingi yil yozda erkin agent sifatida Madrid klubi safiga borib qo'shiladi. 

Avvalroq, myunxenliklar yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmagach, futbolchini transfer oynasi oxirigacha 50 million evroga sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Bugungi kunga kelib esa "Bavariya"dagilar 2021 yil David Alaba bilan yuz bergan voqea takrorlanishini kutishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Devis 2018/19-yilgi mavsumdan buyon "Bavariya" sharafini himoya qiladi. Ikki yil avval nemislar Alfonsoni dunyoning eng yaxshi qanot futbolchisi ekanligi va klub uni 200 mln evroga ham sotmasligini ma'lum qilishgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Матео Моретто