"Bavariya" qaysi futbolchilarni saqlab qolishga harakat qiladi?

Mirjalol Normatov
14 may 2023
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich bir qancha futbolchilarni klub jamoada saqlab qolishga harakat qilishini aytdi.

"Nussair Mazraui "Bavariya"da qoladi. U ajoyib futbolchi, kelajakda jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'la oladi. Shuningdek, Benjamen Pavarni tarkibda saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Ayni damda uning vakillari bilan muzokaralar o'tkazyapmiz.

Kanselu borasida nima deyishim mumkin, hozircha u bilan hamkorlik davom ettiriladimi yoki yo'q, gapirishga biroz erta. Bu borada keyinroq gapirishim mumkin. Barchasi yozga yaqin aniq bo'ladi. Hozircha u bilan muzokaralar bo'layotgani yo'q", - dedi Salixamijich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild