"Bavariya" prezidenti: "Tomas Tuxelga ishonamiz"

Mirjalol Normatov
28 may 2023
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelni qo'llab-quvvatladi.

Myunxen klubi so'nggi turda Dortmundning "Borussiya"si g'alaba qozona olmagani uchun chempionlikni qo'lga kiritdi. Mavsum o'rtasida Yulian Nagelsmanndan qolgan bosh murabbiylik kursisiga Tomas Tuxel kelib o'tirdi.

"Tuxelga to'liqligicha ishonamiz. U Yevropaning eng kuchli murabbiylaridan biri. U bilan juma kuni gaplashib olganman.

Tushunmayman, u nima uchun bizning bosh murabbiy bo'lib qolmasligi kerak", - dedi Xayner.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal