"Bavariya" prezidenti - Superliga haqida: "Bunday turnir yaqin orada mavjud bo'lmasa kerak"

Mirjalol Normatov
9 sen 2021
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner Yevropa Superligasi loyihasi haqida gapirdi.

"Klublar ayni damda butun bir boshqa ayrim davlatlardan ko'ra ko'proq pul topmoqda. Bir tomondan ko'plab klublar koronavirus sababli moliyaviy tanazzulga yuz tutmoqda, ayrimlarda esa bu holat koronavirusga qadar bo'layotgandi. Umuman olganda klublar menejmenti boshqa sportlarning tuzilmasiga salbiy ta’sir o'tkazgani yo'q. Chunki ular mashhurlikda va sotuvda yaxshiroq statusga ega. Biroq klublar va federatsiyalar qiyin holatdan chiqib kyetish uchun birlashmadi, barcha o'zi uchun harakat qildi.

Barchaning ahvoli o'ziga ayon. Kimlardir faqatgina foyda uchun ishlayotgan bo'lsa, kimlardir jamoasining rivoji uchun harakat qilmoqda.

Superliga? Umuman bo'lmasa kerak deya olmayman, ammo yaqin vaqtlar ichida qandaydir turnirlar tashkil topishiga ishonmayman. Chunki buning asorati qanday bo'lishini ko'rdik", - dedi Xayner.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild