"Bavariya" Ndombele uchun Tolisso va 20 mln evro taklif qildi. "Tottenxem" rad etdi

Alisher
21 avg 2021
"Bavariya" o'z tarkibiga "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni taklif qilmoqchi.

Myunxen klubi londonliklarga xavbekni yarim himoyachi Koranten Tolissoga almashtirishni taklif etishdi.

"Bavariya" qo'shimchasiga 20 million evro to'lashga tayyor edi, ammo "shporlar" rahbariyati taklifni rad etishdi.

Ndombele "Tottenxem"ga 2019 yilda "Lion"dan 60 million evro evaziga o'tgan edi. U muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va jamoani tark etmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport