"Bavariya" mavsum oxirida Ulrayxga klubni tark etish imkoniyatini beradi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2017, 17:43
"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi bu haqda o'zi e'lon qildi va nemis grandi rahbariyati bunga to'sqinlik qilmasligini bildirdi. Ulrayx "Bavariya" asosiy tarkibida o'ynamasligini yaxshi bilgani sabab bu qarorni qabul qildi.

Ulrayx va "Bavariya" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi. U 2015 yilda "Shtutgart"dan nemis grandi safiga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker