"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
16 iyun 2023
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli himoyachi "Bavariya"ning transfer ro'yxatiga kiritilgan. Myunxenliklar hali muzokaralarni boshlamagan, ammo yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etishga yaqin turgan Uoker atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Uoker o'tgan mavsum "shaharliklar" bilan barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2017 yildan beri klub sharafini himoya qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal