"Bavariya" "Liverpul" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2024
Vensan Kompaniyaga Jo Gomesning universalligi yoqadi.

Germaniyaning "Bavariya" klubi Angliyaning "Liverpul" jamoasi himoyachisi Jo Gomesga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda "The Mirror".

Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompaniga 27 yoshli Gomesning himoyaning har qanday poziciyasini – markazni ham, qanotni ham yopa olishi manzur keladi.

Jo Gomes 2023/24 yilgi mavsum "Liverpul" tarkibida 51 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror