“Bavariya” klubi “Ayntraxt” yarim himoyachisi Rodeni sotib olish fikridan qaytdi

“Bavariya” klubi frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Sebastyan Rodega bo'lgan qiziqishini yoqotdi.

Avval keltirilgan ma'lumotlarda 23 yoshli futbolchining myunxenliklar klubiga o'tishi taxmin qilinayotgan edi.

Biroq “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelishuvni rad etdi, chunki futbolchi bilan boshlang'ich shartnoma mutaxassining klubga kelishidan oldin imzolangan edi, deb xabar beradi Süddeutsche Zeitung.

Lekin futbolchiga “Borussiya”, “Bayer”, “Shalke-04” va bir nechta ingliz klublari qiziqayapti.


Manba: sports.ru