

Gap shundaki, nemis grandi texnik direktori Mixael Reshke Pisarroni Peru terma jamoasidagi o'yinlarini kuzatgan. Pisarro Amerika Kubogi-2015da Venesuela darvozasiga gol urib, o'z terma jamoasining g'alabasini taminlagan edi. Natijada Reshke klubga futbolchi bilan shartnoma uzaytirishni taklif qildi.



