"Bavariya" ketma-ket 65-o'yinda gol urdi va Bundesliga rekordini takrorladi
Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2022, 08:11
"Bavariya" Bundesliganing 18-turida "Borussiya M"ga qarshi o'ynadi (1:2).
O'yinning 18-daqiqasida hujumchi Robert Levandovski hisobni ochgandi. Bu gol orqali myunxenliklar Bundesliga doirasidagi ketma-ket 65-o'yinda gol urishdi.
"Bavariya" o'zi tomonidan 2012-2014 yillarda o'rnatilgan rekordni takrorladi.