"Bavariya" himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2024, 13:51
"Bavariya" himoyachisi Dayot Upamekano jarohat olib, bir qancha muddatga safdan chiqdi.

Himoyachi Bundesliga doirasida "Union"ga qarshi o'yinda jarohat oldi va almashtirildi.

"Holat yomonga o'xshaydi. Tezlik olayotganda orqa mushaklarni tortib olish - klassik jarohat, buni o'zimizda ham tasavvur qilib ko'rishimiz mumkin. Bu mushaklar jarohati.

Albatta, bu biz uchun ham Upamekano uchun ham yomon holat. Bunday jarohatlardan keyin futbolchi bir necha kunga emas, haftalarga safdan chiqadi", - dedi Tomas Tuxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany