"Bavariya" himoyachisi klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Mirjalol Normatov
25 yanv 2022
"Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule yozda jamoasini o'zgartirish niyatida.

"Bild" xabariga ko'ra, Zyule bu borada klub rahbariyatiga o'z talablarini ma'lum qilib bo'lgan. Uning "Bavariya" bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. Ayni damda "Barselona" uni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.

Zyule ushbu mavsum "Bavariya" tarkibida 18 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild