"Bavariya" futbolchisi "Real"ga o'tishga rozi

Mirjalol Normatov
5 noya 2023, 12:29
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Real"ga o'tishi mumkin.

23 yoshli kanadalik futbolchi Madrid klubiga o'tishga rozi bo'ldi, deb xabar beradi "AS" nashri. Ushbu transfer 2024 yilning yozida amalga oshishi kutilmoqda.

"Bavariya" Devisni 2019 yilning yozida 14 mln evroga sotib olgandi. Ayni damda uning transfer summasi 70 mln evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS