"Bavariya" futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
16 fev 2019
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman YCHL 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi birinchi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda "Eurosport" xabar berdi. Futbolchi kecha bo'lib o'tgan "Augsburg"ga qarshi bellashuvda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi. Yaqin vaqtlarda 22 yoshli o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng jarohatning jiddiylik darajasi aniqlanadi.


Eslatib o'tamiz, Koman "Augsburg"ga qarshi bellashuvda dubl qayd etgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Eurosport