"Bavariya" futbolchilari mashg'ulot paytida qon berishni boshlashdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 13:51
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach klubda yangilik joriy qildi.

Uning ko'rsatmasi bo'yicha, yarim himoyachilar Aren Robben va Serj Gnabri mashug'lot maydonida qon berishdi. Bu jarayon qondagi kreatinin miqdorini aniqlash uchun amalga oshirishdi. Agar kreatinin miqdori ko'p bo'lsa mushak shikastlanishini aniqlash mumkin.

Kovach nemis klubida mushak muammolari kam bo'lishini istaydi. Shunday shikastlanishlar tufayli o'tgan mavsum "Bavariya" "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalida Robben va Jerom Boateng maydonga tusha olmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild