"Bavariya" "Barselona" futbolchisiga taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
21 may 2023
"Barselona" himoyachisi Aleks Balde yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Barça Universal" xabariga ko'ra, futbolchiga "Bavariya"dan taklif kelib tushgan. Hozircha futbolchining jamoadan ketgisi yo'q. Jamoa bosh murabbiyi Xavi uni navbatdagi mavsumda asosiy himoyachi sifatida o'ynatishni rejalashtirmoqda.

19 yoshli futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda 31 o'yinda qatnashib, 1 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Barça Universal