"Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" "Jirona"ning 35 mln. evrolik himoyachisiga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
11 dek 2023, 19:43
"Jirona" chap qanot himoyachisi Migel Guterres Yevropaning top klublari qiziqishi doirasiga tushib qoldi.

22 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi, bitimdagi tovon puli 35 mln. evro.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik himoyachiga "Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Real"da Guterresni yozda 8 mln. evroga sotib olish huquqi bor. Qishki transfer oynasida narx hamma uchun bir xil.

"Real" o'z tarbiyalanuvchisini qaytarishi mumkin, ammo ularning asosiy maqsadi "Bavariya"dagi Alfonso Devis.

"Jirona" himoyachini yanvardayoq sotib yuborishni o'ylayapti. Ular futbolchini "Real"ga arzonroqqa berib yubormoqchi emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo