Rasman: “Bavariya” 19 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
20 apr 2020
19 yoshli kanadalik futbolchi Alfonso Devis myunxenliklar bilan kelishuvini uzaytirdi.

Yangi shartnomaga ko'ra, Devis “qizillar” safida 2025 yilga qadar harakat qiladi. U joriy mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi va chap qanot himoyasida yaxshi harakat qildi. Futbolchi bunga qadar MLSning “Vankuver” jamoasi safida o'ynagan va 2019 yilning yozida Bundesligaga ko'chib o'tgandi.

“Bavariya” Alfonso bilan shartnoma uzaytirgani haqda o'ziga xos rolik tayyorladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN