"Barselona"ning "Sevilya"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022
Unda hali Alonso va Belerin yo'q.

Bugun "Barselona" La Liganing 4-turi doirasida "Ramon Sanches Pizxuan" stadionida "Sevilya" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Xavi bugungi o'yin uchun quyidagi 23 nafar futbolchini ro'yxatga kiritgan:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Inyaki Penya, Arnau Tenas

Himoyachilar: Jerar Pike, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Jordi Alba, Serji Roberto, Jyul Kunde, Erik Garsiya, Aleks Balde

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Pedri, Miralem Pyanich, Frank Kesse, Frenki de Yong, Gavi

Hujumchilar: Usmon Dembele, Robert Levandovski, Ansu Fati, Ferran Torres, Memfis Depay, Rafinya

Ektor Belerin va Markos Alonso mavjud emas. Ular transfer oynasi yopilish arafasida jamoaga kelib qo'shilib, kechagina jamoa mashg'ulotlarida qatnashishdi. Ma'lumot uchun, Belerin ikkinchi, Alonso esa o'n ettinchi raqam ostida harakatlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com