"Barselona"ning kovid-niqoblari Ispaniyadagi eng yaxshisi deb topildi

Mirjalol Normatov
28 fev 2021
"Barselona" tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus niqoblari mamlakat istemolchilarini himoya qilish tashkiloti tomonidan eng yaxshisi deb topildi.

Fevral oyida bu borada tekshiruv ishlari olib borildi va hisobotlarga ko'ra, "blaugrana" tomonidan ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblarning effektliligi 94 foizni tashkil qiladi. Uni yuvgan holda 40 marta ishlatsa ham bo'ladi.

Klub rasmiy onlayn do'konidan ushbu niqoblarni12,6 evroga xarid qilish mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal