"Barselona"ning asosiy maqsadi – Arauxo bilan shartnomani uzaytirish

Sherzod Nurmatov
20 fev 2022
"Barselona" urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, chunki bu Kataloniya klubi uchun ustuvor vazifa, deb xabar berdi "Diario Sport".

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning yiliga uch million evro miqdoridagi birinchi taklifi himoyachiga yoqmagan, u o'zini yanada ko'piga loyiq deb hisoblamoqda.

Urugvaylik futbolchining "Barsa" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Arauxo joriy mavsumda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport