"Barselona"ning 18 yoshli hujumchisiga "Bavariya" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda

Administrator
21 iyun 2024
Katalon klubi futbolchisining tovon puli 6 mln evro hisoblanadi.

"Barselona"ning 18 yoshli hujumchisi Mark Guiga grand klublar qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar qildi. Hozirda "Bavariya" va "Chelsi" klublari Guini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Mark Guining tovon puli 6 mln evroni tashkil qiladi. 

"Barselona" esa futbolchini saqlab qolmoqchi. Klub Guiga yangi shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mark Kui yakunlangan mavsumda La Ligada 3 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/FabrizioRomano