"Barselona"ga "Sevilya" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
3 avg 2018, 22:10
"Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banega "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Bungacha Kataloniya jamoasi "Gremio"dan Artur va "Bordo"dan Malkomni o'z safiga qo'shib olgandi. Endi esa "Bavariya"dan Arturo Vidalni transfer qilishni istashmoqda. Undan tashqari "ko'k-anorranglilar" "Sevilya" yarim himoyachisi bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ayni damda Erik Abidal Banega bilan muzokaralar olib bormoqda. "Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishish arafasida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo